Bu Buyuk Britaniya hukumatining xalqaro stipendiya dasturi. U orqali O'zbekiston fuqarolari Buyuk Britaniya universitetlaridan birida 1 yillik magistratura dasturini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi. Dastur o'qish, yashash va safar xarajatlarini qoplaydi. Chevening 1983-yildan beri faoliyat yuritadi va dunyoning 160 dan ortiq davlatidan bo'lajak liderlarni tanlab oladi.