Grantlar, dasturlar va tanlovlar | ScholarshipFinder
Grantlar
Grantlar, dasturlar va tanlovlar
Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Tanlov
AwardX International Youth Entrepreneurship Competition
AwardX International Youth Entrepreneurship Competition AQShning LaunchX tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan onlayn tanlov bo'lib, 14-18 yoshdagi yosh tadbirkorlar uchun mo'ljallangan. Ishtirokchilar o'z startap g'oyalari va loyihalarini taqdim etadilar. Ular yakka tartibda yoki jamoa bo'lib qatnasha oladi, g'oliblar esa moliyaviy mablag' va boshqa sovrinlarni qo'lga kiritadi.
Ladder Internships — bu onlayn xalqaro stajirovka (internship) dasturi bo‘lib, u orqali talaba yoki o‘rta maktab o‘quvchilari dunyo bo‘ylab startaplar bilan ishlaydi va real ish loyihalarini bajaradi. Talabalar quyidagi sohalarda ishlashi mumkin: Machine Learning & AI Software Engineering Media & Journalism Finance Non-Profit Environmental Science ... va boshqalar.
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; 4350 dollar stipendiya, safar xarajatlari qoplanadi!
Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Hayot haqidagi fanlar maktabi (School of Life Sciences) xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan tadqiqot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari 8 hafta davomida Jeneva yoki Lozanna shahridagi laboratoriyalardan birida tadqiqot guruhi tarkibida tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashadi. Dastur biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlar uchun ochiq. Eslatma: Hayot haqidagi fanlar oʻz ichiga koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing. Yozgi tadqiqot dasturi haqida qisqacha maʼlumot: Navbatdagi tadqiqot dasturi odatda 2027-yil 5-iyuldan 27-avgustgacha davom etadi.
Global Sustainability Challenge: talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 35 000 dollaridan ortiq bo‘lgan xalqaro tanlov!
Global Sustainability Challenge 2026–2027 xalqaro talabalar tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Tanlov Stanford universiteti tashabbusi bilan, Stanford Doerr School of Sustainability va dunyoning turli mamlakatlaridagi hamkor universitetlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Tanlov global ekologik va iqlim muammolariga innovatsion yechimlar taklif etishga tayyor talabalarni birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini ishlab chiqish, mutaxassislardan maslahat va ko‘mak olish hamda g‘oyalarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Global Sustainability Challenge tanlovining avvalgi mavsumida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan 3 000 dan ziyod talaba ishtirok etgan. 2026–2027-yilgi mavsumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi talabalar ham tanlovga qo‘shilib, o‘z loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Tanlov yo‘nalishlari Ishtirokchilar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin: Toza energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, energiyani saqlash va taqsimlash tizimlarini takomillashtirish hamda barqaror energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yechimlar. Jamiyatning iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishiga yordam beradigan loyihalar. Ushbu yo‘nalish uchta asosiy mavzuni qamrab oladi:
Fumetto — dunyodagi eng nufuzli komiks festivallaridan biri bo‘lib, yosh va katta rassomlarni “PEAK” — cho‘qqi, yuksalish va pasayish kabi g‘oyalarni o‘z asarlari orqali ifodalashga chorlaydi
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magirtraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!
Gollandiyada joylashgan Groningen Universiteti har yili magistratura kursida o’qishni boshlaydigan bir qator davlatlar (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) fuqarolari uchun Eric Bleumink Fund jamgarmasi Talent Grant dasturini taklif etadi. Grantlar barcha yo’nalishlar bo’yicha 1 yoki 2 yillik magistratura kursilari ga (MSc/MA/LL.M) qabul qilingan qobiliyatli, a’lochi talabalarga mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, ammo nufuzli oliygohlarda o’qish imkoni bo’lmagan talabalarga moddiy yordam berish. Ushbu grant 2027-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi. Groningen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil iyul oyi holatida koʻra ushbu oliygoh dunyodagi eng kuchli universitetlar roʻyxatida 82-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to’liq grant va stipendiya!
Gollandiyada joylashgan Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi. Grantlar shu universitetning Master of Science (MSc) kurslari uchun moʻljallangan bo’lib, dasturdan maqsad universitetda iqtidorli xorijiy talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi. Universitetda mavjud fakultetlar haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
VU Fellowship Programme: Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq grant!
Gollandiyaning Amsterdam shahrida joydashgan Amsterdam ozod universiteti (Vrije Universiteit Amsterdam) ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalar VU Fellowship Programme (VUFP) grantlarini taklif etadi. Ushbu grant iqtidorli talabalarni universitetga jalb qilish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, VUFP grantiga ariza topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda NL Scholarship grantiga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi. Munosib nomzodlar bir vaqtning oʻziga shu ikkala grant yoki faqat ulardan biri bilan taqdirlanadi. Universitetdagi magistrlik dasturlari 1 yillik va 2 yillik dasturlarga boʻlinadi. VUFP grantlarini universitetda mavjud boʻlgan ingliz tilida oʻtiladigan barcha magistrlik dasturlari uchun qoʻlga kiritish mumkin. Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi. Maʼlumot uchun: Amsterdan ozod universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 185-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to’lanadigan trening!
Germaniyada joylashgan Xalqaro munosabatlar instituti (IFA) har yili 40 dan ortiq mamlakatdan boʻlgan taxminan 50-60 nafar mutaxassis va volontryorlarga CrossCultura Programme (CCP) Fellowships Strenghtening Civil Societies dasturini taklif etadi. Dastur doirasida ishtirokchilar Germaniya yoki CCP hamkor davlatlaridagi mezbon tashkilotlarda 2-3 oy davomida onlayn yoki oflayn (tashkilotga borish orqali) malaka oshiradi, oʻz bilimlarini mustahkamlab, madaniyatlararo koʻnikmalarga ega boʻladi. 2027-yilgi dastur mashgʻulotlari oflayn tarzda mezbon tashkilotda oʻtkaziladi. Lekin safar qilish bilan bogʻliq tartib-qoidalarga qarab, ayrim ishtirokchilar onlayn tarzda qatnashishni tanlashi ham mumkin. Grantlar asosan quyidagi 4 ta sohadan birida faoliyat yuritadigan nomzodlarga beriladi: