Amerika Qo‘shma Shtatlari 30-noy, 2026 Bir nechta daraja
Tavsif
"How does writing impact today's world?" mavzusida 300 so'zli insho yozish tanloviga qatnashib grant yutib oling
Talablar
Tanlovda qatnashish uchun ariza formasini muvaffaqiyatli topshirish va kamida 18 yoshda bo‘lish talab etiladi. ServiceScape texnik nosozliklar yoki boshqa sabablar tufayli ariza topshirilmasligi uchun javobgar emas. ServiceScape xodimlari va ularning yaqin oilasi qatnasha olmaydi
Foydali tomonlari
$1000 lik pul mukofoti yutib olish imkoniyati
Yozish ko'nikmalarini yaxshilash
Xalqaro miqyozda tanilish imkoniyati
Ariza topshirish jarayoni
1-qadam: Ro‘yxatdan o‘tish: – Berilgan havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting
2-qadam: Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish: – Ism, familiya, tug‘ilgan sana, aloqa ma’lumotlari va boshqa kerakli ma’lumotlarni taqdim etish
3-qadam: Insho tayyorlash va topshirish: – “How does writing impact today's world?” mavzusida 300 so‘zli insho yozing va arizaga biriktiring
4-qadam: Arizani tekshirish va yuborish: – Barcha ma’lumot va inshoning to‘liq ekanligini tekshirib, arizani yuboring
5-qadam: Natijalarni kutish: – Tanlov yakunida g‘oliblar e’lon qilinadi va mukofotlar taqdim etiladi