ScholarshipFinder logoScholarshipFinderScholarshipFinder
Bosh sahifa
Bosh sahifa
Asosiy stipendiyalar
Top universitetlar
Yaqin muddatlar
Grantlar
Grantlar
Stipendiyalar
Dasturlar
Tanlovlar
Universitetlar
Universitetlar
Top universitetlar
Mamlakat bo'yicha
Yo'nalish bo'yicha
Postlar
Postlar
Yangi postlar
Post yaratish
Postlarni boshqarish
Pro
ScholarshipFinder

ScholarshipFinder talabalar uchun stipendiyalar, universitetlar, tanlovlar va dasturlarni bir joyda topishga yordam beradigan sun'iy intellekt platformasidir.

Grantlar va dasturlarUniversitetlarPostlarSun'iy intellekt tavsiyasiMaxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Postlarga qaytish
Muhammadjon Rahimov avatar
Muhammadjon Rahimov
Joylangan vaqt: 11-may, 2026, 16:19
Mamlakat: Ko'rsatilmagan

Bakalavr va magistraturaga tayyorgarlikni qachondan boshlash kerak?

Post matni

Javobim esa oddiy qanchalik erta boshlasangiz, shuncha vaqtdan yutasiz. Masalan, bakalavr uchun qanday maslahat beraman? 9–10-sinfdan boshlaganlar odatda ancha kuchli natija qiladi. Shu paytda til sertifikat IELTS/ Toefl olib qo'ying, agar maqsadingiz Amerika nufuzli universitetlari bo'lsa, SAT ham olib qo‘yiladi. Eng muhimi esa portfolio. Ya’ni o‘zingizni ko‘rsatadigan narsalar: sertifikatlar, loyihalar, amaliyot, forum, konferensiya, sammit, festival. Xalqaro grantlar yutib ishtirok etish esa sizga bunda portfolioni kuchaytirishga zo'r yordam beradi. Ko‘pchilik xato qiladi, 11-sinfni bitirishni kutadi. Aslida bu O‘zbekistondagidek “bitirib keyin topshiraman” tizimi emas. Chet elda siz oldindan tayyor bo‘lasiz, topshirasiz. Agar maqsadingiz "gap year" olish bo'lmasa 10-sinf oxirigacha tayyor bo'ling. Amerika universitetlariga qabul avgustda ochiladi. Ya'ni siz 10-sinfni tugatib aynan yozning avgustlarida topshirasiz, 11-sinf o‘rtalariga borib natijangiz chiqadi. Magistraturaga kelsak, bu yerda ham shu gap. Bakalavrning 2–3-kursidan boshlaganlar aniq yutadi. 4-kursda boshlasa ham bo‘ladi, lekin ancha bosim bilan. 4-kursni faqat universitetga hujjat yuborish bilan band bo'lish kerak, til sertifikati bilan emas. Agar maqsadingiz birdaniga magistratura o'qish bo'lsa. Bu 2-3 kursda nima qilish kerak? Til sertifikatini Ielts/Toefl olish, portfolio yig‘ish , CV, motivatsion xat, tavsiyanoma tayyorlashni o'rganing. Bularning hammasi vaqt oladi. Qabul davrlari ham magistratura uchun ham shunaqa ketadi, masalan Amerika universitetlari avgustdan boshlab, Germaniyada avgust-sentabr (masalan DAAD), keyin Vengriya, Turkiya dasturlari dekabr-yanvar boshlarida ochiladi. Erasmus Mundus grantlari ham kuzda ochilishni boshlaydi. Ya'ni 4-kursligizda bularga hujjat topshirasiz. Eng katta xato odamlar oxirigacha kutadi. Keyin esa “ulgurmadim” deydi. Aslida grant yutish bu 1 haftalik yoki 1 oylik ish emas. Bu reja, vaqt va tayyorgarlik talab qiladi. Shuning uchun agar maqsadingiz chet elda o'qish bo‘lsa, hoziroq boshlang.

Boshqa postlar