ScholarshipFinder logoScholarshipFinderScholarshipFinder
Bosh sahifa
Bosh sahifa
Asosiy stipendiyalar
Top universitetlar
Yaqin muddatlar
Grantlar
Grantlar
Stipendiyalar
Dasturlar
Tanlovlar
Universitetlar
Universitetlar
Top universitetlar
Mamlakat bo'yicha
Yo'nalish bo'yicha
Postlar
Postlar
Yangi postlar
Post yaratish
Postlarni boshqarish
Pro
ScholarshipFinder

ScholarshipFinder talabalar uchun stipendiyalar, universitetlar, tanlovlar va dasturlarni bir joyda topishga yordam beradigan sun'iy intellekt platformasidir.

Grantlar va dasturlarUniversitetlarPostlarSun'iy intellekt tavsiyasiMaxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Postlarga qaytish
Muhammadjon Rahimov avatar
Muhammadjon Rahimov
Joylangan vaqt: 11-may, 2026, 18:09
Mamlakat: Ko'rsatilmagan

Tavsiyanoma tayyorlashdagi TOP 3 Xato

Post matni

1. Umimiy gaplar yozilishi Biz Tavsiyanomani aniq misollar bilan to‘ldirishimiz kerak. Raqamlar ishlatish kerak. ❌ “U yaxshi o‘qiydi”, “Mas’uliyatli talaba” kabi umumiy jumlalar hech qanday ishonch uyg‘otmaydi. ✅Masalan, " Sardor loyihada 5 kishilik jamoaga yetakchilik qildi” “U oy ichida tadqiqot natijasini 30% yaxshiladi” 2. Nomzodning kuchli tomonlari fakt bilan isbotlanmasligi Ko‘p tavsiyanomalarda kuchli tomonlar sanab o‘tiladi, lekin dalil yo‘q. Masalan: ❌“U yaxshi muloqotga kirisha oladigan talaba.” ✅ "U MUN konferensiyasida delegat sifatida ishtirok etib, 2 marta Eng kuchli delegat nominatsiyasini qo'lga kiritgan." Bunda siz MUNda haqiqatda faol bo'lib, muhokamalarda o'zingizni ko'rsatib, eng faol sifatida taqdirlanganingizni ko'rsatadi. 3. Tavsiyanoma beruvchi shaxs va nomzod bilan aloqadorligini yetarlicha yoritmaslik Tavsiyanoma kim tomonidan yozilganini aniq tushunilmasa, uning kuchi tushib ketadi. Sizga tavsiya nomi berayotgan shaxs siz bilan qanday aloqasi borligini aniq ko'rsatishi kerak. Ko‘p uchraydigan xato: ❌“Men Sardorni yaxshi taniyman…” lekin kim yozgani qancha vaqt birga ishlagani yoki o'qitgani ko‘rsatilmagan. ✅ “Men Xalqaro huquq fakulteti o'qituvchisi sifatida ommaviy huquq fanidan ushbu talabaga dars berganman. Shuningdak, Sardorga 2 yil davomida ilmiy rahbar sifatida yordam berganman.”

Boshqa postlar