Post matni
Biz bilamizki, Motivatsion xat chet elda o‘qish, grantlar yutish uchun ariza topshirishda eng muhim hujjatlardan biri. Bu sizning tanlov komissiyasini aynan shu dastur yoki stipendiyaga mos nomzod ekaningizni ko’rsatadigan hujjat. Ammo, motivatsion xat keng tarqalgan xatolar tufayli rad javobi kelishiga sabab bo’ladi. Xo'sh, qaysi xatolar? 1. Misollar keltira olmaslik. O‘zini maqtash muhim, lekin to‘g‘ri amalga oshirilishi kerak. Masalan, “Men mehnatkash va mas’uliyatliman” kabi iboralar oddiy va komissiyani hayratga solmaydi, agar ular sizning tajribangiz bilan tasdiqlamasangiz. Sifatlaringizni faktlar va shaxsiy yutuqlar bilan isbotlashingiz kerak. Motivatsion xat so’zlar soni cheklangan bo‘lganligi sababli, faqat dastur yoki stipendiyaga bevosita tegishli misollarni tanlashingiz shart. 2. Matning juda uzun va ko’pligi. Agar motivatsion xat so’z cheklovi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ayrim kandidatlar 2–3 bet yozib qo‘yish istagi tug‘iladi. Ko‘p ma’lumot berish muhim bo‘lsa-da, ko’proq biz eng muhim voqealarni ajratib ko‘rsatishimiz kerak. Masalan, muhim tanlovni yutgan bo‘lsangiz, bu haqida aytish muhim, lekin tayyorgarlik jarayonini batafsil yozish shart emas. Sababi bunda matnni qisqartirish qiyin bo‘ladi, shuning uchun dastlab 1–1,5 bet yozishga harakat qiling. 3. Fikrini aniq ifodalay olmaslik. Motivatsion xat yozishda yolg’on ishlatmang, lekin fikrlarni aniqifodalang. Masalan, ko‘plab nomzodlar Germaniyada ta’limi bepul degani uchun hujjat topshiradi, ammo bu jihatni ta’kidlash tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga, nega ushbu mamlakat sizning professional rivojlanishingiz uchun muhimligini yozing. Masalan, sizning sohangizdagi tashkilotlar yoki startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi davlat siyosatlari mavjudligini ta’kidlasangiz zo’r chiqadi. 4. Dastur maqsadlarini e’tiborsiz qoldirish. Ko'pchilik hujjatini tekshirguncha ko'zim tushadi, ba’zi nomzodlar motivatsion xatni dastur va universitetni o‘rganmasdan yozadi. Bu umumiy iboralar paydo bo‘lishiga olib keladi. Dastur mazmunni birinchi navbatda tanishib, sizning professional yoki akademik maqsadlaringiz bilan qanday bog‘liqligini ta’kidlang. Agar komissiya siz dastur bilan tanishmaganligingizni sezsa, sizning haqiqatan ham o‘qishga qiziqishingiz shubha tug’diradi. 5. Asosiy maqsadlarning yetishmasligi. Komissiya dastur sizga qanday yordam berishini va maqsadlaringizni bilishni xohlaydi. Agar bu maqsadlar mavjud bo‘lmasa, nomzodning yo‘nalishni tanlashdagi yondashuvi yuzaki va ishonchsiz ko‘rinadi. Maqsadlaringiz qanchalik aniq bo‘lsa, komissiya ularning mantiqan va amalga oshirilishi mumkinligini yaxshiroq baholay oladi.