Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Tanlov
WSI Impact League
Ishtirokchilar BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari(SDG) doirasidagi turli muammolarga yechimni loyiha sifatida, onlayn platformada taqdim etishadi. Jamoa yoki yakka tartibda ishtirok etish mumkin.
ETH Student Summer Research Fellowship: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
Shvaeytsariyada joylashgan ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari (Computer Science) fakulteti butun dunyodagi bakalavriat va magistratura talabalariga Student Summer Research Fellowship (ETH SSRF) 2 oylik yozgi amaliyot (tadqiqot ) dasturini taklif etadi. Amaliyot dasturi 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar kompyuter fanlariga oid tanlangan tadqiqot sohasi boʻyicha tadqiqot guruhi bilan birga ish olib boradi. Shuningdek, oʻz tadqiqot guruhidan boshqa guruhlardagi kishilar, jumladan, ETH Zurich universitetidagi bakalavriat va aspirantura talabalari bilan tanishish va muloqot qilish uchun turli ijtimoiy tadbirlar ham tashkillashtiradi. Bosh vaqtda qatnashchilar shahrdagi rang-barang madaniyatni kash qilishi va Shveytsariyadagi togʻli manzalardan bahramand boʻlishi mumkin. 2026-yilgi dasturda nomzodlar quyidagi sohalardan birida tadqiqot olib borishi mumkin: Tadqiqot dasturi ingliz tilida olib boriladi.
Japan Youth Summit 2027 — Youth Break the Boundaries (YBB) Foundation tomonidan Yaponiyaning Osaka shahrida 2027-yil 10-13 may kunlari o'tkaziladigan 4 kunlik xalqaro yoshlar liderligi va innovatsiyalar konferensiyasi. U dunyo bo'ylab 15-40 yoshdagi yosh liderlarni BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos global muammolar yechimlarini izlash uchun birlashtiradi. Ishtirokchilar ko'p madaniyatli jamoalarda innovatsion loyihalar ustida ishlaydi va Xalqaro innovatsion tanlovda qatnashadi. Dastur networking, mentorlik, sertifikat va mukofotlar olish imkoniyatini beradi.
Bu tanlov dunyo bo‘ylab 8–12-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan xalqaro essay competition hisoblanadi. Ishtirokchilar global muammolar, xalqaro munosabatlar va zamonaviy jamiyatdagi dolzarb mavzular yuzasidan esse yozib, o‘zlarining tanqidiy fikrlash hamda akademik yozuv ko‘nikmalarini namoyish etadilar. Tanlov yoshlarning global masalalarga nisbatan qarashlarini rivojlantirish va xalqaro maydonda fikr almashish imkonini beradi.
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!
Ilmiy fantastika va fantastika janrlarida ijod qiluvchi yozuvchilarga moʻljallangan Writers of the Future tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov ilmiy fantastika va fantastika janrida ijod qiluvchi, ijodini yaqinda boshlagan yozuvchilar uchun o’z ishlarini sohaning eng kuchli mutaxassislariga va keng ommaga taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tanlovda qatnashish bepul va ishtirokchilar nashrga oid barcha huquqlarni oʻzida saqlab qoladi. Mazkur tanlov har chorakda (har 3 oyda) bir marta oʻtkaziladi. Tanlovga 17 000 soʻzdan oshmagan, ingliz tilidagi ishlar qabul qilinadi.
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va ovqatlanish uchun grant; stipendiya – 3400 dollar!
AQShda joylashgan Wake Forest University oliy taʼlim muassasasi har yili 5 nafargacha bakalavriat talabalariga Guy T. Carswell Scholarships grant dasturini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda mavjud istalgan bakalavr kursida o’qish uchun beriladi. Grant nomzodlarning koʻrsatkichlari asosida taqdim etiladi (merit-based). Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkchisi (GPA), SAT yoki ACT testi natijalari (agar topshirilsa), darsdan tashqari mashgʻulotlarda yetakchilik hamda hududiy yoki milliy darajada erishgan yutuqlari eng yuqori boʻlgan nomzodlar ushbu grant bilan taqdirlanadi. Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavriat yoʻnalishlari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi: kontrak puli qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!
Stenford universiteti har yili bakalavriatga taxminan 1700 nafar talabani qabul qiladi. Qabul qilingan talabalarning barchasi, agar arizada moliyaviy yordam kerak deb koʻrsatgan boʻlsa, moliyaviy ehtiyoj (Financial need) yuzasidan baholanadi hamda talabalarning moliyaviy holatiga qarab toʻliq yoki qisman moliyaviy yordam mablagʻi ajratiladi. Bu mablagʻ talabalarga begʻaraz yordam shaklida taqdim etiladi va uni keyinchalik qaytarish talab etilmaydi. Maʼlumot uchun: Stenford universiteti duyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil oktabr oyi holatiga koʻra, Stenford universiteti dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 3-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).
Avstriya: bakalavriat va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab – IELTS shart emas, stipendiya – 1400 yevro; joy – 20 ta!
Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Vienna BioCenter tadqiqot instituti Vena BioCenter Yozgi maktabini taklif etadi. Dastur hozirda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan hamda keyingi bosqichdagi oʻqishini hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) sohasida davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun mo’ljallangan. Hayot haqidagi fanlar sohasi qaysi fanlar (yoʻnalishlar)ni qamrab olishini BU YERDA koʻrishingiz mumkin. Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birini tanlaydi va qatnashchilarga tanlangan loyiha boʻyicha laboratoriyada tadqiqot olib borishda ular bilan birga ishlaydigan xodim biriktiriladi. Molekulyar biologiya, nevrologiya, immunologiya, bioinformatika, RNK biologiyasi, ildiz hujayralari va biokimyo kabi koʻplab sohalar boʻyicha tadqiqot sohalari mavjud. Tadqiqot davomida ishtirokchilar tajriba oʻtkazadi, maʼlumotlarni tahlil qiladi, fikr va gʻoyalar ishlab chiqadi va ularning natijalarini tahlil qiladi. Shuningdek, yozgi maktab uchrashuvlar, seminarlar, ekskursiyalar, koʻngilochar mashgʻulotlar va simpoziumlarni ham oʻz ichiga oladi. 2027-yildagi yozgi maktab 2027-yil 1-iyundan 31-avgustgacha davom etadi (dastur sanalari biroz oʻzgarishi mumkin). Ushbu yozgi maktabga jami 20 nafar atrofida talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yozgi maktab Vena shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda ishtirok etayotgan laboratoriyalar hamda ular o’tkazayotgan tadqiqot mavzulari (loyihalar) bilan bu yerda tanishish mumkin (loyihalar roʻyxati qabul ochilishiga yaqin eʼlon qilinadi). Ushbu yozgi maktabga ariza berish bepul.
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!
Gollandiyada joylashgan Radboud universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Radboud Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar Radboud universitetida ingliz tilida oʻtiladigan magistratura kurslarida o’qish uchun Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi davlatlar fuqarolariga beriladi. Grantlarni Erasmus Mundus magistrlik dasturlari va qoʻshma magistratura dasturlaridan boshqa istalgan ingliz tilidagi magistratura kursi uchun yutib olish mumkin. Ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati Radboud dasturi doirasida 2026-2027-oʻquv yili uchun jami 26 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Grantlar oʻrinlari fakultetlar kesimida quyidagicha taqsimlanadi: Grant gʻoliblari 2027-yil kuzida oʻqishni boshlaydi.
The Blackstone Law Review Competition — huquq, ijtimoiy fanlar va akademik yozuvga qiziquvchi yoshlar uchun xalqaro tanlov. Ishtirokchilar taqdim etilgan huquqiy materiallar asosida 2,500–3,000 so‘zli tahliliy maqola tayyorlaydilar. Oldindan huquqshunoslik bo‘yicha bilim yoki tajriba talab etilmaydi.