Grantlar, dasturlar va tanlovlar | ScholarshipFinder
Grantlar
Grantlar, dasturlar va tanlovlar
Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Amaliyot
Ladder Internships
Ladder Internships — bu onlayn xalqaro stajirovka (internship) dasturi bo‘lib, u orqali talaba yoki o‘rta maktab o‘quvchilari dunyo bo‘ylab startaplar bilan ishlaydi va real ish loyihalarini bajaradi. Talabalar quyidagi sohalarda ishlashi mumkin: Machine Learning & AI Software Engineering Media & Journalism Finance Non-Profit Environmental Science ... va boshqalar.
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; 4350 dollar stipendiya, safar xarajatlari qoplanadi!
Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Hayot haqidagi fanlar maktabi (School of Life Sciences) xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan tadqiqot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari 8 hafta davomida Jeneva yoki Lozanna shahridagi laboratoriyalardan birida tadqiqot guruhi tarkibida tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashadi. Dastur biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlar uchun ochiq. Eslatma: Hayot haqidagi fanlar oʻz ichiga koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing. Yozgi tadqiqot dasturi haqida qisqacha maʼlumot: Navbatdagi tadqiqot dasturi odatda 2027-yil 5-iyuldan 27-avgustgacha davom etadi.
Global Sustainability Challenge: talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 35 000 dollaridan ortiq bo‘lgan xalqaro tanlov!
Global Sustainability Challenge 2026–2027 xalqaro talabalar tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Tanlov Stanford universiteti tashabbusi bilan, Stanford Doerr School of Sustainability va dunyoning turli mamlakatlaridagi hamkor universitetlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Tanlov global ekologik va iqlim muammolariga innovatsion yechimlar taklif etishga tayyor talabalarni birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini ishlab chiqish, mutaxassislardan maslahat va ko‘mak olish hamda g‘oyalarini xalqaro miqyosda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Global Sustainability Challenge tanlovining avvalgi mavsumida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan 3 000 dan ziyod talaba ishtirok etgan. 2026–2027-yilgi mavsumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi talabalar ham tanlovga qo‘shilib, o‘z loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Tanlov yo‘nalishlari Ishtirokchilar quyidagi ikki asosiy yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin: Toza energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, energiyani saqlash va taqsimlash tizimlarini takomillashtirish hamda barqaror energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yechimlar. Jamiyatning iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashishiga yordam beradigan loyihalar. Ushbu yo‘nalish uchta asosiy mavzuni qamrab oladi:
ETH Student Summer Research Fellowship: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
Shvaeytsariyada joylashgan ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari (Computer Science) fakulteti butun dunyodagi bakalavriat va magistratura talabalariga Student Summer Research Fellowship (ETH SSRF) 2 oylik yozgi amaliyot (tadqiqot ) dasturini taklif etadi. Amaliyot dasturi 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar kompyuter fanlariga oid tanlangan tadqiqot sohasi boʻyicha tadqiqot guruhi bilan birga ish olib boradi. Shuningdek, oʻz tadqiqot guruhidan boshqa guruhlardagi kishilar, jumladan, ETH Zurich universitetidagi bakalavriat va aspirantura talabalari bilan tanishish va muloqot qilish uchun turli ijtimoiy tadbirlar ham tashkillashtiradi. Bosh vaqtda qatnashchilar shahrdagi rang-barang madaniyatni kash qilishi va Shveytsariyadagi togʻli manzalardan bahramand boʻlishi mumkin. 2026-yilgi dasturda nomzodlar quyidagi sohalardan birida tadqiqot olib borishi mumkin: Tadqiqot dasturi ingliz tilida olib boriladi.
Avstriya: bakalavriat va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab – IELTS shart emas, stipendiya – 1400 yevro; joy – 20 ta!
Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Vienna BioCenter tadqiqot instituti Vena BioCenter Yozgi maktabini taklif etadi. Dastur hozirda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan hamda keyingi bosqichdagi oʻqishini hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) sohasida davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun mo’ljallangan. Hayot haqidagi fanlar sohasi qaysi fanlar (yoʻnalishlar)ni qamrab olishini BU YERDA koʻrishingiz mumkin. Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birini tanlaydi va qatnashchilarga tanlangan loyiha boʻyicha laboratoriyada tadqiqot olib borishda ular bilan birga ishlaydigan xodim biriktiriladi. Molekulyar biologiya, nevrologiya, immunologiya, bioinformatika, RNK biologiyasi, ildiz hujayralari va biokimyo kabi koʻplab sohalar boʻyicha tadqiqot sohalari mavjud. Tadqiqot davomida ishtirokchilar tajriba oʻtkazadi, maʼlumotlarni tahlil qiladi, fikr va gʻoyalar ishlab chiqadi va ularning natijalarini tahlil qiladi. Shuningdek, yozgi maktab uchrashuvlar, seminarlar, ekskursiyalar, koʻngilochar mashgʻulotlar va simpoziumlarni ham oʻz ichiga oladi. 2027-yildagi yozgi maktab 2027-yil 1-iyundan 31-avgustgacha davom etadi (dastur sanalari biroz oʻzgarishi mumkin). Ushbu yozgi maktabga jami 20 nafar atrofida talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yozgi maktab Vena shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda ishtirok etayotgan laboratoriyalar hamda ular o’tkazayotgan tadqiqot mavzulari (loyihalar) bilan bu yerda tanishish mumkin (loyihalar roʻyxati qabul ochilishiga yaqin eʼlon qilinadi). Ushbu yozgi maktabga ariza berish bepul.
Max Planck Institute for Software Systems (MPI-SWS) tomonidan tashkil etiladigan ushbu yozgi ilmiy amaliyot dasturi ishtirokchilarga sun'iy intellekt, kompyuter fanlari, dasturiy ta'minot, ma'lumotlar ilmi va boshqa turdosh yo'nalishlarda xalqaro olimlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Conrad Challenge — bu STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) yo'nalishidagi tadbirkorlik musobaqasi bo'lib, dunyo bo'ylab talabalarni haqiqiy muammolarni hal qiluvchi innovatsion loyihalar yaratishga chaqiradi. Shior: "Design tomorrow, today" (Ertangi kunni bugun loyihalang). 5 ta yo'nalish (kategoriya) uchun topshirish mumkin: Water Challenge — Suv muammolari Health and Nutrition — Sog'liq va ovqatlanish Energy and Environment — Energiya va atrof-muhit Cyber Technology and Security — Kiber texnologiya va xavfsizlik Aerospace and Aviation — Aerokosmik va aviatsiya 3 bosqich (Phases): Bosqich Nomi Muddati Phase 1 Activation Stage 27-avgust 2026 — 30-oktyabr 2026 Phase 2 Innovation Stage 30-oktyabr 2026 — 8-yanvar 2027 Phase 3 Innovation Summit 21–24 aprel 2027 Faqat Innovation Stage bosqichida finalist bo'lgan jamoalar Innovation Summit'ga o'tadi.
Congressional App Challenge — maktab o‘quvchilari uchun mobil ilovalar, veb-ilovalar va dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov. Ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan ilovalarni taqdim etishlari mumkin.
Dunyoning eng yirik yoshlar neyrofan olimpiadalaridan biri. Bu tanlovda ishtirokchilar neyrofan bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazadi va real ilmiy muammolarga yechim taklif qiladi.
Horizon Academic Research Program — bu bakalavr darajasidagi tadqiqotlarga qiziqqan iqtidorli yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan saralangan onlayn tadqiqot dasturidir. Talabalar Harvard, MIT, Yale, Dartmouth kabi nufuzli dargohlarning professorlari va fan doktorlari (PhD) bilan hamkorlikda informatika, biologiya, iqtisodiyot va fizika kabi sohalarda ilmiy ishlar tayyorlaydilar. Horizon — butun dunyodagi eng iqtidorli maktab o‘quvchilarini top universitet professorlari bilan bog‘laydigan to‘liq onlayn tadqiqot platformasidir. Dasturning yakuniy loyihasi 20 sahifalik ilmiy ma'ruza bo‘lib, u o‘quvchilarni kelajakdagi akademik faoliyatida muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo‘lgan amaliy bilimlar va ilmiy yozish ko‘nikmalari bilan qurollantirishga qaratilgan.