Grantlar, dasturlar va tanlovlar | ScholarshipFinder
Grantlar
Grantlar, dasturlar va tanlovlar
Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
QismanBir nechta daraja
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; 4350 dollar stipendiya, safar xarajatlari qoplanadi!
Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Hayot haqidagi fanlar maktabi (School of Life Sciences) xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan tadqiqot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari 8 hafta davomida Jeneva yoki Lozanna shahridagi laboratoriyalardan birida tadqiqot guruhi tarkibida tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashadi. Dastur biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlar uchun ochiq. Eslatma: Hayot haqidagi fanlar oʻz ichiga koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing. Yozgi tadqiqot dasturi haqida qisqacha maʼlumot: Navbatdagi tadqiqot dasturi odatda 2027-yil 5-iyuldan 27-avgustgacha davom etadi.
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magirtraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!
Gollandiyada joylashgan Groningen Universiteti har yili magistratura kursida o’qishni boshlaydigan bir qator davlatlar (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) fuqarolari uchun Eric Bleumink Fund jamgarmasi Talent Grant dasturini taklif etadi. Grantlar barcha yo’nalishlar bo’yicha 1 yoki 2 yillik magistratura kursilari ga (MSc/MA/LL.M) qabul qilingan qobiliyatli, a’lochi talabalarga mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, ammo nufuzli oliygohlarda o’qish imkoni bo’lmagan talabalarga moddiy yordam berish. Ushbu grant 2027-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi. Groningen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil iyul oyi holatida koʻra ushbu oliygoh dunyodagi eng kuchli universitetlar roʻyxatida 82-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to’liq grant va stipendiya!
Gollandiyada joylashgan Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi. Grantlar shu universitetning Master of Science (MSc) kurslari uchun moʻljallangan bo’lib, dasturdan maqsad universitetda iqtidorli xorijiy talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi. Universitetda mavjud fakultetlar haqida ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
VU Fellowship Programme: Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq grant!
Gollandiyaning Amsterdam shahrida joydashgan Amsterdam ozod universiteti (Vrije Universiteit Amsterdam) ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalar VU Fellowship Programme (VUFP) grantlarini taklif etadi. Ushbu grant iqtidorli talabalarni universitetga jalb qilish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, VUFP grantiga ariza topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda NL Scholarship grantiga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi. Munosib nomzodlar bir vaqtning oʻziga shu ikkala grant yoki faqat ulardan biri bilan taqdirlanadi. Universitetdagi magistrlik dasturlari 1 yillik va 2 yillik dasturlarga boʻlinadi. VUFP grantlarini universitetda mavjud boʻlgan ingliz tilida oʻtiladigan barcha magistrlik dasturlari uchun qoʻlga kiritish mumkin. Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi. Maʼlumot uchun: Amsterdan ozod universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 185-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to’lanadigan trening!
Germaniyada joylashgan Xalqaro munosabatlar instituti (IFA) har yili 40 dan ortiq mamlakatdan boʻlgan taxminan 50-60 nafar mutaxassis va volontryorlarga CrossCultura Programme (CCP) Fellowships Strenghtening Civil Societies dasturini taklif etadi. Dastur doirasida ishtirokchilar Germaniya yoki CCP hamkor davlatlaridagi mezbon tashkilotlarda 2-3 oy davomida onlayn yoki oflayn (tashkilotga borish orqali) malaka oshiradi, oʻz bilimlarini mustahkamlab, madaniyatlararo koʻnikmalarga ega boʻladi. 2027-yilgi dastur mashgʻulotlari oflayn tarzda mezbon tashkilotda oʻtkaziladi. Lekin safar qilish bilan bogʻliq tartib-qoidalarga qarab, ayrim ishtirokchilar onlayn tarzda qatnashishni tanlashi ham mumkin. Grantlar asosan quyidagi 4 ta sohadan birida faoliyat yuritadigan nomzodlarga beriladi:
ETH Student Summer Research Fellowship: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
Shvaeytsariyada joylashgan ETH Zurich universitetining Kompyuter fanlari (Computer Science) fakulteti butun dunyodagi bakalavriat va magistratura talabalariga Student Summer Research Fellowship (ETH SSRF) 2 oylik yozgi amaliyot (tadqiqot ) dasturini taklif etadi. Amaliyot dasturi 2027-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar kompyuter fanlariga oid tanlangan tadqiqot sohasi boʻyicha tadqiqot guruhi bilan birga ish olib boradi. Shuningdek, oʻz tadqiqot guruhidan boshqa guruhlardagi kishilar, jumladan, ETH Zurich universitetidagi bakalavriat va aspirantura talabalari bilan tanishish va muloqot qilish uchun turli ijtimoiy tadbirlar ham tashkillashtiradi. Bosh vaqtda qatnashchilar shahrdagi rang-barang madaniyatni kash qilishi va Shveytsariyadagi togʻli manzalardan bahramand boʻlishi mumkin. 2026-yilgi dasturda nomzodlar quyidagi sohalardan birida tadqiqot olib borishi mumkin: Tadqiqot dasturi ingliz tilida olib boriladi.
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va ovqatlanish uchun grant; stipendiya – 3400 dollar!
AQShda joylashgan Wake Forest University oliy taʼlim muassasasi har yili 5 nafargacha bakalavriat talabalariga Guy T. Carswell Scholarships grant dasturini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda mavjud istalgan bakalavr kursida o’qish uchun beriladi. Grant nomzodlarning koʻrsatkichlari asosida taqdim etiladi (merit-based). Oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkchisi (GPA), SAT yoki ACT testi natijalari (agar topshirilsa), darsdan tashqari mashgʻulotlarda yetakchilik hamda hududiy yoki milliy darajada erishgan yutuqlari eng yuqori boʻlgan nomzodlar ushbu grant bilan taqdirlanadi. Wake Forest universitetida o’qitiladigan barcha bakalavriat yoʻnalishlari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi: kontrak puli qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!
Stenford universiteti har yili bakalavriatga taxminan 1700 nafar talabani qabul qiladi. Qabul qilingan talabalarning barchasi, agar arizada moliyaviy yordam kerak deb koʻrsatgan boʻlsa, moliyaviy ehtiyoj (Financial need) yuzasidan baholanadi hamda talabalarning moliyaviy holatiga qarab toʻliq yoki qisman moliyaviy yordam mablagʻi ajratiladi. Bu mablagʻ talabalarga begʻaraz yordam shaklida taqdim etiladi va uni keyinchalik qaytarish talab etilmaydi. Maʼlumot uchun: Stenford universiteti duyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil oktabr oyi holatiga koʻra, Stenford universiteti dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 3-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).
Avstriya: bakalavriat va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab – IELTS shart emas, stipendiya – 1400 yevro; joy – 20 ta!
Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Vienna BioCenter tadqiqot instituti Vena BioCenter Yozgi maktabini taklif etadi. Dastur hozirda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan hamda keyingi bosqichdagi oʻqishini hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) sohasida davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun mo’ljallangan. Hayot haqidagi fanlar sohasi qaysi fanlar (yoʻnalishlar)ni qamrab olishini BU YERDA koʻrishingiz mumkin. Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birini tanlaydi va qatnashchilarga tanlangan loyiha boʻyicha laboratoriyada tadqiqot olib borishda ular bilan birga ishlaydigan xodim biriktiriladi. Molekulyar biologiya, nevrologiya, immunologiya, bioinformatika, RNK biologiyasi, ildiz hujayralari va biokimyo kabi koʻplab sohalar boʻyicha tadqiqot sohalari mavjud. Tadqiqot davomida ishtirokchilar tajriba oʻtkazadi, maʼlumotlarni tahlil qiladi, fikr va gʻoyalar ishlab chiqadi va ularning natijalarini tahlil qiladi. Shuningdek, yozgi maktab uchrashuvlar, seminarlar, ekskursiyalar, koʻngilochar mashgʻulotlar va simpoziumlarni ham oʻz ichiga oladi. 2027-yildagi yozgi maktab 2027-yil 1-iyundan 31-avgustgacha davom etadi (dastur sanalari biroz oʻzgarishi mumkin). Ushbu yozgi maktabga jami 20 nafar atrofida talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yozgi maktab Vena shahrida boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda ishtirok etayotgan laboratoriyalar hamda ular o’tkazayotgan tadqiqot mavzulari (loyihalar) bilan bu yerda tanishish mumkin (loyihalar roʻyxati qabul ochilishiga yaqin eʼlon qilinadi). Ushbu yozgi maktabga ariza berish bepul.
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!
Gollandiyada joylashgan Radboud universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Radboud Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar Radboud universitetida ingliz tilida oʻtiladigan magistratura kurslarida o’qish uchun Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi davlatlar fuqarolariga beriladi. Grantlarni Erasmus Mundus magistrlik dasturlari va qoʻshma magistratura dasturlaridan boshqa istalgan ingliz tilidagi magistratura kursi uchun yutib olish mumkin. Ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati Radboud dasturi doirasida 2026-2027-oʻquv yili uchun jami 26 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Grantlar oʻrinlari fakultetlar kesimida quyidagicha taqsimlanadi: Grant gʻoliblari 2027-yil kuzida oʻqishni boshlaydi.
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!
Gollandiyaning Enshed shahrida joylashgan Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga University Twente Scholarship (UTS) grantlarini taklif etadi. Grantlar Twente universitetidagi deyarli barcha magistratura dasturlari uchun ajratiladi. Ushbu grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir. Mazkur grantlar quyidagi dasturlar uchun ajratilmaydi: Yuqoridagilardan tashqari Twente universitetidagi barcha magistrlik kurslari uchun UTS grantini qoʻlga kiritish mumkin. Grantlar 2026-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi. Odatda har yilgi qabulda jami 50 nafar atrofida talabaga UTS granti ajratiladi. Maʼlumot uchun: Twente universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitetdan dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 233-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).
Slovak Government Scholarship Programme — Slovakiyada o'qish va tadqiqot uchun stipendiya
Slovakiya Respublikasi Ta'lim, tadqiqotlar, rivojlantirish va yoshlar vazirligi taqdim etadigan Milliy stipendiya dasturi xalqaro akademik almashinuvni qo'llab-quvvatlaydi. U universitet talabalari, PhD talabalari, o'qituvchilar, tadqiqotchilar va san'atkorlarga Slovakiyadagi oliy ta'lim muassasalari va tadqiqot tashkilotlarida o'qish, tadqiqot yoki dars berish uchun mo'ljallangan. Stipendiyalar yashash xarajatlarini qoplaydi va toifaga qarab oyiga 620 dan 1 470 EUR gacha to'lanadi. 200 km dan ortiq masofadan keladiganlarga yo'l xarajatlari uchun qo'shimcha mablag' berilishi mumkin. Qolish muddati 1 oydan 10 oygacha.
Slovakia · Slovak Republic Ministry of Education, Science, Research and Development and Youth
Rossiyada xarajatlari qoplanadigan Pushkin Camp 2026 bepul til oromgohi
Pushkin Camp (Leto s Pushkinym) — Rossiyaning Moskva shahrida chet ellik iqtidorli talabalar uchun tashkil etiladigan bepul til oromgohidir. Bepul til oromgohi. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti hamda Russkiy Mir jamgʻarmasi hamkorligida oʻtkaziladigan ushbu loyiha MDH va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelgan yoshlarni birlashtiradi.
Rossiya · Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti