Grantlar, dasturlar va tanlovlar | ScholarshipFinder
Grantlar
Grantlar, dasturlar va tanlovlar
Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Muddat tugaganQismanBakalavr
Lester B. Pearson International Scholarship 2027 — Kanadada bakalavr uchun toʻliq grant
Toronto universitetidagi Lester B. Pearson xalqaro stipendiyasi (Lester B. Pearson International Scholarship) xalqaro talabalarga Kanadaning eng yetakchi universitetida bakalavriat bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi nufuzli grant dasturidir. Dastur har yili yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan, ijodkor hamda yetakchilik salohiyatiga ega boʻlgan 37 nafar iqtidorli xalqaro talaba ga ajratiladi. Stipendiya bakalavriat yoʻnalishida 4 yillik taʼlim olish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni toʻliq qoplaydi.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganMagistratura
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada bakalavriatdan keyingi bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 1600 dollargacha stipendiya!
Yaponiyaning Honjo International Scholarship Foundation jamgʻarmasi Yaponiyada magistratura yoki doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olishni xohlovchi xorijiy talabalarga turli miqdordagi stipendiyalarni taqdim etadi. Stipendiyalar ham kuzgi, ham bahorgi semestrdan boshlanadigan oʻqishlar uchun beriladi. Hozir 2027-yil bahorgi semestrdan (aprel oyidan) oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda. Navbatdagi qabulda jamida 10 nafar atrofida talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan. Bunda nomzodlardan Yaponiyadagi OTMlardan biriga oʻqishga kirishi/kirgan boʻlish talab etiladi. Nomzodlardan aynan yapon tilida oʻqishi talab etilmagan boʻlsa-da, yapon tilini kundalik hayotda suhbatlasha oladigan darajada bilish sharti qoʻyilgan. Saralash jarayonidagi suhbat yapon tilida boʻladi va topshiriladigan tadqiqot rejasi ham yapon tilida boʻlishi lozim.
Rotary Yoneyama Scholarship: Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 875 dollargacha oylik stipendiya!
Yaponiyaning Rotary Yoneyama yodgorlik jamgʻarmasi xorijlik talabalarning Yaponiya universitetlarida oʻqishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rotary Yoneyama Scholarship stipendiya dasturini taklif etadi. Mazkur dasturga Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqishni yoki oʻqishini Yaponiyaga koʻchirishni rejalashtirayotganlar ariza topshirishi mumkin. 2027-yil bahorgi va kuzgi semestrlarda oʻqishni boshlashni rejalashtirayotgan nomzodlardan ushbu dastur uchun arizalar 2026-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Odatda ushbu dastur uchun har yili 10 nafar atrofida talabaga stipendiya ajratish nazarda tutilgan. Grant istalgan sohada oʻqish uchun taqdim etiladi. Soha va universitetni nomzodning oʻzi mustaqil tanlab, alohida ariza topshirishi kerak boʻladi. Nomzodlar ariza topshirish vaqtida yapon tili malakasi testidan (JLPT) kamida N3 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi!
2027-28-yilgi FLEX Future Leaders Exchange – Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturiga arizalar qabuli boshlandi . Bu dastur 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktablaridan birida (high school) oʻqish imkonini beradi. Dastur davomida ishtirokchilar amerikalik mezbon oilalarda yashaydilar. Ishtirokchilar dastur orqali yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻladi, AQSH haqida koʻproq oʻrganadi va amerikaliklarga oʻz vatani haqida maʼlumot beradi. 1992-yilda dastur ushbu dastur loyihasi AQSh kongressi tomonidan ishlab chiqilgan va loyihani moliyalashtirish ma’qullangan. Loyiha AQShning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi. FLEX dasturi to‘liq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning tashkiliy masalalari esa AQSh Hukumat departamentining Ta’lim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov g‘oliblariga Amerikada bir yil bepul o‘qish uchun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yashash imkoniyati beriladi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad amerikaliklar va boshqa millat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqlarni o‘rnatishdir. Imtihonlarni Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari o‘tkazadi. Mazkur tashkilot g‘oliblarni aniqlaydi va ular uchun seminarlar tashkil etib kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ular ishtirokchilarni Amerikaga jo‘natish ishlarini ham tashkillashtirishadi. Amerika Kengashlari 40 yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh, Yevropa, Yevroosiyo, Osiyo va Afrika davlatlarida o‘n minglab o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Shuningdek, mazkur tashkilot FLEX dasturidan tashqari universitet talabalari va aspirantlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun ham boshqa bir qator dasturlarni joriy qilgan bo‘lib, ularni muvvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganMagistratura
Chevening Scholarship
Bu Buyuk Britaniya hukumatining xalqaro stipendiya dasturi. U orqali O'zbekiston fuqarolari Buyuk Britaniya universitetlaridan birida 1 yillik magistratura dasturini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi. Dastur o'qish, yashash va safar xarajatlarini qoplaydi. Chevening 1983-yildan beri faoliyat yuritadi va dunyoning 160 dan ortiq davlatidan bo'lajak liderlarni tanlab oladi.
Expatrio Scholarship: Germaniyada o’qish uchun 15 ming yevrogacha grant
Expatrio Scholarship grant dasturi shu kompaniya taklif etadigan Expatrio Value Package xizmat paketini xarid qilgan talabalarga 15 ming yevrogacha pul mukofoti va boshqa sovrinlarni yutib olish imkoni beradi.
True Blue Fellowship — okeanlar, suv resurslari va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni ijodiy san’at orqali hal qilishga intilayotgan yoshlar uchun xalqaro dastur. Ishtirokchilar o‘z jamoalarida real ijobiy o‘zgarish yaratishga qaratilgan loyihalar bilan qatnashishlari mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlari · Bow Seat
Muddat: 30-avg, 2026
Yo'nalish: Okeanlar, suv resurslari yoki iqlim masalalariga qiziqish bildirish
Lumiere Research dasturi Garvard va Oksford bitiruvchilari tomonidan tashkil qilingan. Tadqiqot sohasida ilg'or o'rganish va tadqiq qilishda universitet professorlari bilan yakkama-yakka ishlaydi va dastur to'liq ilmiy maqola yozilishi bilan yakunlanadi. Dasturning qat'iy akademik tizimi talabalar uchun o'zlarini qiziqtirgan mavzuni ilg'or o'rganish va tadqiq qilish imkonini beradi.
UzCA Game Fund — O‘zbekistondagi o‘yin studiyalari uchun investitsiya va nashriyot dasturi
UzCA Game Fund — O‘zbekistonda gamedev (o‘yin yaratish) sohasini rivojlantirish va mahalliy studiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan bosqichm-bosqich investitsiya hamda nashriyot (publishing) dasturidir .,Mazkur jamg‘arma o‘yin loyihalarini ilk g‘oyadan tortib barqaror daromad keltirish bosqichigacha bo‘lgan barcha jarayonda moliyalashtirish va texnik resurslar bilan ta‘minlaydi.,Dastur ishtirokchilarga ikkita asosiy yo‘nalish (track) bo‘yicha imkoniyat taklif etadi:,Investment trek: Dastlabki bosqichlarda daromad ulushi (revenue-share) asosida moliyalashtirish, keyingi bosqichlarda esa ulushli (equity) investitsiya kiritish;,Publishing trek: O‘yinlarni ASO (App Store Optimization), marketing, auditoriyani jalb qilish (UA) hamda xalqaro bozorlarga chiqarish va tarqatish (distribution) bo‘yicha to‘liq amaliy yordam ko‘rsatish.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganBachelor, Master
Bakalavr yoki qoʻshma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan iqtidorli talabalar uchun maxsus grant dasturi. Grant miqdori — €15,000!
Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi tomonidan Slovakiyada bakalavr bosqichini oʻqishni istagan iqtidorli xalqaro talabalar uchun maxsus grant dasturini taqdim etadi. Jami 170 nafar nomzodga grant dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasidagi 15,000 yevro miqdoridagi stipendiyani bakalavriatning kunduzgi taʼlim yoʻnalishi yoki kunduzgi qoʻshma bakalavriat va magistratura taʼlim dasturi uchun olish mumkin. Har bir nomzodni tekshirish jarayoni Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi (Ministry of Education, Research, Development and Youth of the Slovak Republic) yoki talabgor hujjat topshirgan va oʻqishga kirgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Grant sohibi boʻlish uchun ishtirokchi 2026-yilning kuzida boshlanadigan oʻquv dasturining birinchi yilida rasman roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganBir nechta daraja
Girls Education Fund — oʻquvchi qizlar uchun bepul 2 yillik ta'lim dasturi
Girls Education Fund — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo ilm-fanga ishtiyoqi baland boʻlgan qizlar uchun tashkil etilgan bepul 2 yillik ta'lim dasturidir. Loyihaning asosiy maqsadi har bir qizning kelajagi oilasining moddiy daromadi bilan emas, balki uning shaxsiy salohiyati va mehnati bilan belgilanishini ta'minlashdan iborat. Dastur davomida ishtirokchi qizlar malakali ustozlar koʻmagida xalqaro standartlar asosida oʻqitiladi va global imkoniyatlarga tayyorlanadi. Dastur doirasida quyidagi yoʻnalishlar qamrab olinadi: Matematika va ingliz tili: 24 oy davomida ushbu fanlardan chuqurlashtirilgan va tizimli sifatli darslar oʻtiladi; SAT imtihoniga tayyorgarlik: Xalqaro standartlar asosida SAT testlariga professional tayyorgarlik koʻriladi; Konsultativ yordam: Xalqaro universitetlar hamda nufuzli grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yoʻl-yoʻriq va amaliy koʻmak koʻrsatiladi.
Veritas AI — intiluvchan yoshlar uchun sun'iy intellekt bo'yicha maxsus dastur. Bu yerda siz AI fundamental bilimlarini egallab, amaliyotda real loyihalar qurasiz. Harvard olimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu dasturda Harvard, Stanford, MIT va Princeton professorlaridan ta’lim olasiz.