Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganMagistratura
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada bakalavriatdan keyingi bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 1600 dollargacha stipendiya!
Yaponiyaning Honjo International Scholarship Foundation jamgʻarmasi Yaponiyada magistratura yoki doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olishni xohlovchi xorijiy talabalarga turli miqdordagi stipendiyalarni taqdim etadi. Stipendiyalar ham kuzgi, ham bahorgi semestrdan boshlanadigan oʻqishlar uchun beriladi. Hozir 2027-yil bahorgi semestrdan (aprel oyidan) oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda. Navbatdagi qabulda jamida 10 nafar atrofida talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan. Bunda nomzodlardan Yaponiyadagi OTMlardan biriga oʻqishga kirishi/kirgan boʻlish talab etiladi. Nomzodlardan aynan yapon tilida oʻqishi talab etilmagan boʻlsa-da, yapon tilini kundalik hayotda suhbatlasha oladigan darajada bilish sharti qoʻyilgan. Saralash jarayonidagi suhbat yapon tilida boʻladi va topshiriladigan tadqiqot rejasi ham yapon tilida boʻlishi lozim.
Rotary Yoneyama Scholarship: Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 875 dollargacha oylik stipendiya!
Yaponiyaning Rotary Yoneyama yodgorlik jamgʻarmasi xorijlik talabalarning Yaponiya universitetlarida oʻqishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Rotary Yoneyama Scholarship stipendiya dasturini taklif etadi. Mazkur dasturga Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqishni yoki oʻqishini Yaponiyaga koʻchirishni rejalashtirayotganlar ariza topshirishi mumkin. 2027-yil bahorgi va kuzgi semestrlarda oʻqishni boshlashni rejalashtirayotgan nomzodlardan ushbu dastur uchun arizalar 2026-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Odatda ushbu dastur uchun har yili 10 nafar atrofida talabaga stipendiya ajratish nazarda tutilgan. Grant istalgan sohada oʻqish uchun taqdim etiladi. Soha va universitetni nomzodning oʻzi mustaqil tanlab, alohida ariza topshirishi kerak boʻladi. Nomzodlar ariza topshirish vaqtida yapon tili malakasi testidan (JLPT) kamida N3 sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Conrad Challenge — bu STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) yo'nalishidagi tadbirkorlik musobaqasi bo'lib, dunyo bo'ylab talabalarni haqiqiy muammolarni hal qiluvchi innovatsion loyihalar yaratishga chaqiradi. Shior: "Design tomorrow, today" (Ertangi kunni bugun loyihalang). 5 ta yo'nalish (kategoriya) uchun topshirish mumkin: Water Challenge — Suv muammolari Health and Nutrition — Sog'liq va ovqatlanish Energy and Environment — Energiya va atrof-muhit Cyber Technology and Security — Kiber texnologiya va xavfsizlik Aerospace and Aviation — Aerokosmik va aviatsiya 3 bosqich (Phases): Bosqich Nomi Muddati Phase 1 Activation Stage 27-avgust 2026 — 30-oktyabr 2026 Phase 2 Innovation Stage 30-oktyabr 2026 — 8-yanvar 2027 Phase 3 Innovation Summit 21–24 aprel 2027 Faqat Innovation Stage bosqichida finalist bo'lgan jamoalar Innovation Summit'ga o'tadi.
Congressional App Challenge — maktab o‘quvchilari uchun mobil ilovalar, veb-ilovalar va dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha xalqaro tanlov. Ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan ilovalarni taqdim etishlari mumkin.
Dastur o’z tanlagan yo’nalishi bo’yicha ingliz tilida 500 so’zdan iborat insho yozishni talab qiladi. 13-18 yosh orasidagi barcha millat yoshlari qatnashashi mumkin.
Lumiere Scholars Essay Award o'rta maktab o'quvchilarini o'zlari uchun muhim bo'lgan masalalarni o'rganishga hamda taxminlarni sinab ko'rishga taklif qiladi.
Bu o'quvchilarning eng dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishdagi loyihalari bo'yicha musobaqa bo'lib, yakka tartibda yoki jamoa bo'lib ishtirok etish mumkin.
FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi!
2027-28-yilgi FLEX Future Leaders Exchange – Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturiga arizalar qabuli boshlandi . Bu dastur 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktablaridan birida (high school) oʻqish imkonini beradi. Dastur davomida ishtirokchilar amerikalik mezbon oilalarda yashaydilar. Ishtirokchilar dastur orqali yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻladi, AQSH haqida koʻproq oʻrganadi va amerikaliklarga oʻz vatani haqida maʼlumot beradi. 1992-yilda dastur ushbu dastur loyihasi AQSh kongressi tomonidan ishlab chiqilgan va loyihani moliyalashtirish ma’qullangan. Loyiha AQShning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi. FLEX dasturi to‘liq AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturning tashkiliy masalalari esa AQSh Hukumat departamentining Ta’lim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov g‘oliblariga Amerikada bir yil bepul o‘qish uchun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yashash imkoniyati beriladi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad amerikaliklar va boshqa millat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqlarni o‘rnatishdir. Imtihonlarni Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari o‘tkazadi. Mazkur tashkilot g‘oliblarni aniqlaydi va ular uchun seminarlar tashkil etib kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ular ishtirokchilarni Amerikaga jo‘natish ishlarini ham tashkillashtirishadi. Amerika Kengashlari 40 yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh, Yevropa, Yevroosiyo, Osiyo va Afrika davlatlarida o‘n minglab o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Shuningdek, mazkur tashkilot FLEX dasturidan tashqari universitet talabalari va aspirantlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun ham boshqa bir qator dasturlarni joriy qilgan bo‘lib, ularni muvvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
NSUCRYPTO 2026 — International Olympiad in Cryptography
Kriptografiya va matematikaga qiziquvchilar uchun o'tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiada. Ishtirokchilar zamonaviy kriptografiya, matematika va algoritmlar bo'yicha nazariy hamda amaliy masalalarni yechadilar. Olimpiada har yili 40 dan ortiq mamlakatlardan maktab o'quvchilari, talabalar va mutaxassislarni birlashtiradi
Veritas AI — intiluvchan yoshlar uchun sun'iy intellekt bo'yicha maxsus dastur. Bu yerda siz AI fundamental bilimlarini egallab, amaliyotda real loyihalar qurasiz. Harvard olimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu dasturda Harvard, Stanford, MIT va Princeton professorlaridan ta’lim olasiz. Bizga hamma ham qabul qilinavermaydi. Agar siz o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan bo'lsangiz va AI olamida o'z loyihangizni yaratmoqchi bo'lsangiz — arizangizni topshiring
Harvard Student Agencies Case Competition (HSACC) — Harvard universiteti talabalar tashkiloti tomonidan maktab o'quvchilari uchun o'tkaziladigan onlayn biznes keys tanlovi. Ishtirokchilar konsultant rolida real biznes muammosini tahlil qilib, unga strategik yechim taklif qilishadi. Tanlov ikki bosqichda o'tadi: 1-bosqichda ishtirokchilar berilgan biznes keys asosida yozma strategiya taqdimotini (maksimum 10 slayd, PDF shaklida) topshiradi. Saralashdan o'tganlar 2-bosqichga chiqib, 3–5 daqiqalik video-pitch tayyorlaydi. Yakuniy natijalar va mukofotlash marosimi 6-dekabr kuni jonli efirda e'lon qilinadi. Tanlov individual tarzda o'tkaziladi (jamoa bilan qatnashib bo'lmaydi). Oldindan biznes tajriba talab qilinmaydi — tashkilotchilar bepul vebinarlar va workshoplar orqali keys yechish asoslarini o'rgatib boradi.
Aspire Institute tomonidan tashkil etiladigan bepul xalqaro yetakchilik dasturi. O'quv dasturi Garvard universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. 2026-yilgi 4-cohort 21-oktabrdan 30-noyabrgacha davom etadi. Dastur to'liq onlayn va o'z sur'atingizda o'qiladigan formatda, 6 hafta davom etadi, haftasiga 3-5 soat vaqt talab qiladi, shu bois uni o'qish yoki ish bilan birga olib borish mumkin. Dastur bosqichlari: Leadership Foundations: kuchli tomonlaringizni aniqlash va yetakchilik uslubingizni shakllantirish Applying Leadership: muzokara, tizimli fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari Yakuniy bosqich: rezyume, LinkedIn profili va shaxsiy pitch tayyorlash Live masterclass'lar: Garvard professorlari va soha yetakchilari bilan jonli uchrashuvlar, oldindan yozib olingan videolar emas
Bu yuqori maktab o'quvchilari o'rtasida business case musobaqasi bo'lib, ishtirokchilar 2-4 kishilil jamoalar sifatida workshoplarda qatnashib, biznes muammolarini hal qilishadi.