Grantlar, dasturlar va tanlovlar | ScholarshipFinder
Grantlar
Grantlar, dasturlar va tanlovlar
Grantlar, almashinuvlar, amaliyotlar, tanlovlar va olimpiadalar bitta katalogda, bitta qidiruvda.
Muddat tugaganKonferensiya
Norvegiyadagi ISFiT 2027 xalqaro talabalar festivali
ISFiT (International Student Festival in Trondheim) — 2027-yilning 11-21-fevral kunlari Norvegiyaning Trondxaym shahrida boʻlib oʻtadigan dunyodagi eng yirik xalqaro talabalar festivalidir. Dastur butun dunyodan 350 nafar faol talabani global muammolarni muhokama qilish hamda madaniy almashinuv loyihalarida ishtirok etish uchun birlashtiradi. Festivalning 2027-yilgi mavzusi 'Changing Winds' (Oʻzgarishlar shamoli) deb nomlangan boʻlib, u yoshlarning siyosiy, iqlimiy va global oʻzgarishlar sharoitida kelajakni shakllantirishdagi roliga bagʻishlanadi. Ishtirokchilar festival davomida turli munozaralar, vorkshoplar, debatlar, san'at va musiqa tadbirlarida qatnashadilar.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganBachelor, Master
Bakalavr yoki qoʻshma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada oʻqishni istagan iqtidorli talabalar uchun maxsus grant dasturi. Grant miqdori — €15,000!
Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi tomonidan Slovakiyada bakalavr bosqichini oʻqishni istagan iqtidorli xalqaro talabalar uchun maxsus grant dasturini taqdim etadi. Jami 170 nafar nomzodga grant dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasidagi 15,000 yevro miqdoridagi stipendiyani bakalavriatning kunduzgi taʼlim yoʻnalishi yoki kunduzgi qoʻshma bakalavriat va magistratura taʼlim dasturi uchun olish mumkin. Har bir nomzodni tekshirish jarayoni Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi (Ministry of Education, Research, Development and Youth of the Slovak Republic) yoki talabgor hujjat topshirgan va oʻqishga kirgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Grant sohibi boʻlish uchun ishtirokchi 2026-yilning kuzida boshlanadigan oʻquv dasturining birinchi yilida rasman roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Muddat tugaganTo'liq moliyalashtirilganBir nechta daraja
Girls Education Fund — oʻquvchi qizlar uchun bepul 2 yillik ta'lim dasturi
Girls Education Fund — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo ilm-fanga ishtiyoqi baland boʻlgan qizlar uchun tashkil etilgan bepul 2 yillik ta'lim dasturidir. Loyihaning asosiy maqsadi har bir qizning kelajagi oilasining moddiy daromadi bilan emas, balki uning shaxsiy salohiyati va mehnati bilan belgilanishini ta'minlashdan iborat. Dastur davomida ishtirokchi qizlar malakali ustozlar koʻmagida xalqaro standartlar asosida oʻqitiladi va global imkoniyatlarga tayyorlanadi. Dastur doirasida quyidagi yoʻnalishlar qamrab olinadi: Matematika va ingliz tili: 24 oy davomida ushbu fanlardan chuqurlashtirilgan va tizimli sifatli darslar oʻtiladi; SAT imtihoniga tayyorgarlik: Xalqaro standartlar asosida SAT testlariga professional tayyorgarlik koʻriladi; Konsultativ yordam: Xalqaro universitetlar hamda nufuzli grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yoʻl-yoʻriq va amaliy koʻmak koʻrsatiladi.
Veritas AI — intiluvchan yoshlar uchun sun'iy intellekt bo'yicha maxsus dastur. Bu yerda siz AI fundamental bilimlarini egallab, amaliyotda real loyihalar qurasiz. Harvard olimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu dasturda Harvard, Stanford, MIT va Princeton professorlaridan ta’lim olasiz.
World Internet Conference (WIC) tomonidan tashkil etilgan Global Youth Leadership Program — internet, sun’iy intellekt, raqamli siyosat va innovatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan yosh liderlar uchun nufuzli xalqaro dastur. Tanlangan ishtirokchilar 2026-yilgi WIC Wuzhen Summit doirasida global ekspertlar va texnologiya yetakchilari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
EcoStatPro tanlovi O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik monitoring va barqaror rivojlanish uchun innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchi amaliy tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqotchilar o‘lchanadigan (aniq) ekologik ta’sirga ega bo‘lgan amaliy loyihalarni taklif qilishga rag‘batlantiriladi.
Media School Uzbekistan 2026 — bepul professional media-maktab dasturi
Media School Uzbekistan (MSU) media-menejment va jurnalistika maktabi 2026-yilgi mavsum uchun professional oʻquv dasturiga arizalar qabulini boshladi. Ushbu dastur oʻz tahririyatini kuchaytirish, raqamli media mahsulotlarini rivojlantirish hamda ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etishni istagan Oʻzbekistondagi media sohasi vakillari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ishtirokchilar oʻzlarining shaxsiy medialoyihalari ustida ishlaydilar, tajribali trenerlar hamda mentorlarning yaqindan qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻladilar va oʻquv jarayonining oʻzidayoq oʻz tahririyatlarida oʻzgarishlarni amalga oshira boshlaydilar. Dastur doirasidagi mashgʻulotlar oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Oʻqitish jarayoni ikkita asosiy yoʻnalishni qamrab oladi: ✓ Raqamli jurnalistika (Digital-jurnalistika) ✓ Raqamli media-menejment (Digital-media-menejment)
Yoshlarning yetakchilik, ijtimoiy faollik va advokatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn dastur. Ishtirokchilar turli mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan hamkorlik qilib, global muammolar bo‘yicha loyihalarda ishtirok etadilar.
Bakalavriat va magistratura talabalari uchun Oʻzbekistondagi ITM Biotexnologiya yozgi maktabi
Biotexnologiya boʻyicha intensiv yozgi maktab — Ilg'or Texnologiyalar Markazi tomonidan 3 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi boʻlib, oqsillarni ekstraksiya qilish, tozalash, DNK va/yoki RNKni ajratish va PCR va RT-PCR, IFA va boshqa usullar va metodikalarni oʻz ichiga oladi. Qabul qilingan nomzodlar mikrobiologiya, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, gen muhandisligi, rekombinant DNK texnologiyalari sohalarida qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi. Loyihaning asosiy maqsadi: Biologiya va unga aloqador yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, ayniqsa, hududlarda tahsil olayotgan talabalarga klinik va ilmiy laboratoriyalarda qoʻllaniladigan metodikalar yuzasidan chuqur bilim va amaliy koʻnikmalar berish. Ushbu dasturda Biologiya, Biotexnologiya, Farmatsevtika va unga aloqador yoʻnalishlarda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishlari mumkin. Yozgi maktab Toshkent shahridagi Ilmiy Texnologiyalar Markazida boʻlib oʻtadi. Dastur bоshlanishi 2026-yil 21-iyul oyiga moʻljallangan boʻlib, asosan oʻzbek tilida olib boriladi. Ingliz va Rus tilidagi maʼlumotlardan ham keng foydalaniladi. Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati: Toshkent vaqti bilan 2026-yil 13-iyul kech soat 18:00 ga qadar.
IDROCK Accelerator 12 haftalik intensiv startup dasturi
IDROCK Accelerator — New Uzbekistan University, SQB va Hayot Bank hamkorligida tashkil etilgan 12 haftalik startup accelerator dasturi. Dastur o'z mahsulotini yaratgan va uni keyingi bosqichga olib chiqishni istagan startap jamoalari uchun mo'ljallangan. Dastur davomida ishtirokchilar tajribali mentorlar bilan ishlaydi hamda mahsulotni rivojlantirish, marketing strategiyasi, sotuvlarni oshirish, biznes modelini takomillashtirish va investitsiya jalb qilish bo'yicha amaliy bilimlarga ega bo'ladi. Agar sizning startup loyihangiz MVP (Minimum Viable Product) bosqichiga yetgan bo'lsa yoki dastlabki foydalanuvchilarga ega bo'lsa, ushbu dastur aynan siz uchun. 12 hafta davomida jamoangiz mahsulotni bozorga moslashtirish va biznesni kengaytirish bo'yicha individual tavsiyalar oladi. Dastur yakunida barcha ishtirokchilar Demo Day tadbirida o'z loyihalarini investorlar, hamkor tashkilotlar va soha mutaxassislari oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Eng istiqbolli loyihalar investitsiya jalb qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi.